Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
úy taliminde bilim alıp atırǵan S.Aytmuratovtıń jasaw sharayatları, densawlıǵı hám bilim alıw imkaniyatların úyrenildi
янв.21
STOMATOLOGIYA POLIKLINIKASI JUMISI ÚYRENILDI
янв.21
Kishi biznes hám jeke isbilermenlik subektleri jumısı menen tanıstı
янв.21
“Qarakól” máhálle jetiligi iskerligi úyrenildi
янв.21
#HÁPTELIK_DAYJEST
янв.21
ЖАСЛАР – САЛАМАТ ТУРМЫС ТӘРЕПДАРЫ
янв.21
MÁHÁLLEDEGI TAMARQA JERLERI HÁM ISSIXANALAR JUMISLARI ÚYRENILDI
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi deputatı L.Mamutovanıń deputatlıq sorawı
янв.21
BELSENDILER SIYLIQLANDI
янв.21
Rayondaǵı 32-sanlı orta bilim beriw mektebine deputat tárepinen hár túrdegi kitaplar sawǵa etildi.
Deputat saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Muzrabot tuman Kengashi deputatlarining 2026-yilning birinchi yarim yilligi uchun saylovchilar bilan uchrashuvlar rejasiga asosan xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashiga 19-Qizil olma okrugidan saylangan deputat Artikova Umida Djumayevna tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqov hamrohligida tumandagi “Olmazor” mahallasida saylovchilari bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi.

Uchrashuv avvalida deputat ishtirokchilarga hozirgi kunga qadar deputatlik faoliyati davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida batafsil va to‘liq axborot berib o‘tdi.

Deputatning saylovchilarga o‘z faoliyati to‘g‘risida axborot berishidan asosiy maqsad – uning o‘z saylovchilari oldidagi mas’uliyatini va hisobdorlik hissini oshirish, deputatlik faoliyatining ochiqligini, aholining xabardorligini kuchaytirish va pirovardida xalqning vakillik organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashdan iborat.

Shundan so‘ng, “Olmazor” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolari tomonidan deputatga mahalladagi mavjud masala bo‘yicha ya’ni, hududda yashovchi aholi farzandlari uchun davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish muhimligini bildirib, shu masalani hal etilishi yuzasidan murojaat qilishdi.

Deputat bu va boshqa murojaatlarni ro‘yxatga olib, ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlarini yuborishni o‘ziga reja qilib oldi.

Uchrashuv so‘ngida mahalla nuroniylari va faollari so‘zga chiqishib, xalq vakili bo‘lgan deputatga aholi tomonidan qilingan murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmasdan ijobiy yechim qilinishiga harakat qilishini so‘rab, deputatlik faoliyatiga omadlar tilashdi.

Slide 1 of 5