Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati Dj.Shaxmayev Savrak mahallasida hokim yordamchisi faoliyatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan joriy yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar, xususan, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolarni tadbirkorlikka yo‘naltirish borasida olib borilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, aholiga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun hududda yaratilgan sharoitlar va mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
📌 Bandlik – ustuvor vazifa
📌 Tadbirkorlik – taraqqiyot omili
📌 Har bir tashabbus – qo‘llab-quvvatlanadi