Bugun Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashining deputati Dilbar Do'squlova Nurli Pangat mahallasida mahalla hokim yordamchisi va ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim faoliyati bilan yaqindan tanishdi. U tashrif davomida mahalla aholisi bilan suhbatlashib, ularning muammolari, murojaatlari va takliflarini diqqat bilan tingladi.
Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy soha, mahalliy infratuzilma, ta’lim va sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi. Deputat Do'squlova barcha murojaatlarga e’tibor bilan quloq tutib, zarur bo‘lganda mas’ul tashkilotlar bilan masalalarni muhokama qildi.
Shuningdek, deputat mahalla aholisi bilan muloqot davomida ularning hayot sifatini oshirish, ijtimoiy xizmatlar samaradorligini kuchaytirish va mahalla taraqqiyotiga oid dolzarb masalalarni aniqlashga alohida e’tibor qaratdi.