Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“KEŃES” AWIL PUQARALAR JIYINI ISHIMLIK SUWI TÁMIYNATI JAQSILANBAQTA
янв.21
ҮЙРЕНИӮ БАРЫСЫНДА ДЕПУТАТ БИЛИМ БЕРИЎ МЕКТЕБИНИҢ МАТЕРИАЛЛЫҚ-ТЕХНИКАЛЫҚ ЖАҒДАЙЫН ҮЙРЕНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ СОЦИАЛЛЫҚ ОБЪЕКТЛЕРДИ ҮЙРЕНДИ
янв.21
DEPUTAT BASLAMASÍ MENEN IShKI JOLLAR MAShQALASÍ ShEShILMEKTE
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDEGI SOCIALLIQ OBEKTLERDI ÚYRENDI
янв.21
DEPUTAT ESABAT TIŃLANDI
янв.21
✅ DEPUTATLAR ARASINDA TAJIRIYBE ALMASIW ILAJI ÓTKERILDI
янв.21
QARARDIŃ ORINLANIWI ÚYRENILMEKTE
янв.21
DEPUTAT AYMAQTAǴI SHAŃARAQLIQ POLIKLINIKANIŃ JUMISI MENEN ÚYRENILDI
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi deputatı D.Ajimuratovtıń deputatlıq sorawı.
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi

Tadbir davomida deputatlar Jarqo‘rg‘on, Sho‘rchi tumanlari va Termiz shahri uchun ishlab chiqilgan strategik rivojlanish rejalarini Natijaga yo‘naltirilgan boshqaruv (RBM) tamoyillari asosida atroflicha ko‘rib chiqdilar.

🔴Xalq vakillari hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) aniq belgilash va byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish yuzasidan o‘zlarining asosli takliflarini bildirdilar.

🔴Ayniqsa, mahalliy boshqaruvda ochiqlikni ta’minlash, monitoring va baholash mexanizmlarini takomillashtirish hamda aholi bilan qayta aloqa tizimini kuchaytirish masalalari deputatlar diqqat markazida bo‘ldi.

🔴Seminar ishtirokchilari tomonidan bolalar va yoshlar manfaatlari yo‘lida mahalliy boshqaruv tizimini inklyuziv transformatsiyalash bo‘yicha aniq amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

🔴Deputatlar ushbu strategik rejalarning ijrosi kelgusida hududlarda ijtimoiy himoya, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi muammolarni tizimli hal etishga xizmat qilishini alohida ta’kidladilar.

🔴Mazkur tadbir yakunida shakllantirilgan xulosalar mahalliy Kengashlar tomonidan qarorlar qabul qilish jarayonida hisobdorlikni oshirish va xalq manfaatlarini to‘laqonli ta’minlashga yo‘naltirilgan.

Slide 1 of 6