Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S.Babayarova tumandagi Nurdum mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
✔️ Uchrashuv davomida deputat tomonidan oilaning muqaddasligi, uni asrab-avaylash va mustahkamlash har bir insonning muhim burchi ekanligi ta’kidlandi.
✔️ Shuningdek, har qanday muammoning yechimi mavjudligi, muammolarni vaqtida bartaraf etish orqali sog‘lom va barqaror oila muhitini yaratish mumkinligi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
✔️ Mazkur muloqot fuqarolarning fikr va takliflarini eshitish, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topishda muhim ahamiyat kasb etdi.