Yangiliklar

Oltiariq tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar qo‘llab-quvvatlanmoqda

 Oltiariq tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar qo‘llab-quvvatlanmoqda 

  

Tuman Kengashining 2026-yil 27-martdagi VII-17-12-11-151-K/26-sonli qaroriga asosan, Oltiariq tumanida “Ijtimoiy reestr”ga kiritilgan hamda davlat ta’minotidagi mehnatga layoqatsiz, 1-guruh nogironligi bo‘lgan a’zolari mavjud oilalarning yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida ularning uy-joylarini ta’mirlash belgilangan edi. Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Jumayev ta'mirlash ishlarini o'rgandi. Xususan, Navqiron hamda Qapchug‘ay MFY hududlarida joylashgan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning uy-joylarini ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan. Amalga oshirilayotgan ishlar: - Ichki va tashqi qismlar
pardozlangan;
- Eshik-romlar yangilangan; - Pol qismi ta’mirlangan; - Oshxona va boshqa joylar tartibga keltirilgan; - Suv isitish moslamasi o‘rnatilgan. O'rganish mobaynida quruvchilarga tegishli tavsiyalar berildi. 

   

Slide 1 of 4