Yangiliklar

Sessiya qaroriga asosan 11 ta loyiha to‘liq moliyalashtiriladi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining 2026-yil 6-apreldagi VII-19-23-7-99-K/26-sonli qaroriga muvofiq, tumanda yana bir muhim qaror qabul qilindi.

Mazkur qarorga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Ochiq budjet” axborot portali orqali o‘tkazilgan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yil 1-mavsumida fuqarolar tomonidan ilgari surilgan takliflar 4-bosqichi — “Ovoz berish” yakunlari sarhisob qilindi.

✅ Ovoz berish natijalariga ko‘ra, fuqarolar tomonidan eng ko‘p qo‘llab-quvvatlangan 10 ta loyiha va 1 ta loyiha Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati tomonidan jami 11 ta loyiha “G‘olib” deb topildi.

💰 Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘lar to‘liq moliyalashtirib berilishi ta’minlanadi.

📋 Shuningdek, g‘olib takliflar asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish bo‘yicha manzilli ro‘yxat ham tasdiqlandi.

🤝 Mazkur tashabbuslar hududlarda mavjud muammolarni bartaraf etish, infratuzilmani yaxshilash va aholining turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4