Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
САЙЛАЎШЫЛАРДЫҢ ТАМАРҚА СУЎЛАРЫНА БОЛҒАН МҮТӘЖЛИКЛЕРИ ҚАНААТЛАНБАҚТА
янв.21
Qarardıń orınlanıwı úyrenilmekte
янв.21
úy taliminde bilim alıp atırǵan S.Aytmuratovtıń jasaw sharayatları, densawlıǵı hám bilim alıw imkaniyatların úyrenildi
янв.21
STOMATOLOGIYA POLIKLINIKASI JUMISI ÚYRENILDI
янв.21
Kishi biznes hám jeke isbilermenlik subektleri jumısı menen tanıstı
янв.21
“Qarakól” máhálle jetiligi iskerligi úyrenildi
янв.21
#HÁPTELIK_DAYJEST
янв.21
ЖАСЛАР – САЛАМАТ ТУРМЫС ТӘРЕПДАРЫ
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi deputatı L.Mamutovanıń deputatlıq sorawı
янв.21
MÁHÁLLEDEGI TAMARQA JERLERI HÁM ISSIXANALAR JUMISLARI ÚYRENILDI
“Qaroli” MFY da jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari muhokama qilindi!

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 16-Qaroli saylov okrugidan saylangan deputat H.Karayeva saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi. Uchrashuv davomida hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish, ayniqsa “qizil hudud” sifatida belgilangan mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Tadbirda profilaktika inspektori o‘z hisoboti bilan ishtirok etib, jinoyatchilikni kamaytirish, aholi o‘rtasida huquqiy ongni oshirish, shuningdek, xavf guruhiga kiruvchi shaxslar bilan manzilli ishlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, jumladan hududga kiruvchi va chiquvchi joylarga kameralar o‘rnatilganligi haqida axborot berdi.

Qayd etilganidek, ayniqsa “qizil hudud”larda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, kibr xavfsizlikni oldini olish, fuqarolar bilan yaqin muloqot o‘rnatish hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va mahalla faollari hamkorligini yanada mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Uchrashuv yakunida saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda hududda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash bo‘yicha takliflar bildirdilar. Saylovchilar murojaatlari yuzasidan tuman Elektr ta’minoti korxonasi rahbari O.Usmonov nomiga 06.04.2026 yil 36-ds-275-26-sonli deputat so‘rovi yuborildi.

Slide 1 of 5