Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Jipek jolı” máhálle jetiligi iskerligi úyrenildi
янв.21
Subsidiya tiykarında quyash panellerin ornatıw jumısları úyrenildi
янв.21
ДЕПУТАТЛАР ТӘРЕПИНЕН МЕКТЕПТЕН ТЫСҚАРЫ БИЛИМЛЕНДИРИЎ СИСТЕМАСЫНЫҢ ЖАҒДАЙЫ ҮЙРЕНИЛДИ
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi deputatı S.Abdievanıń deputat múrájatı
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi deputatı S.Abdievanıń deputat múrájatı
янв.21
Aymaqtaǵı xızmet kórsetiw tarawları úyrenildi
янв.21
Депутат_мәҳәлледе
янв.21
САЙЛАЎШЫЛАРДЫҢ ТАМАРҚА СУЎЛАРЫНА БОЛҒАН МҮТӘЖЛИКЛЕРИ ҚАНААТЛАНБАҚТА
янв.21
Qarardıń orınlanıwı úyrenilmekte
янв.21
úy taliminde bilim alıp atırǵan S.Aytmuratovtıń jasaw sharayatları, densawlıǵı hám bilim alıw imkaniyatların úyrenildi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sh.Yuldashevning sessiyada aholini ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi rejalar yuzasidan hisoboti tinglandi.

#Sesiyadan

Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sh.Yuldashevning sessiyada aholini ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi rejalar yuzasidan hisoboti tinglandi.

Axborotda ta’kidlanganidek, 2026 yilda Kambag‘allik va Ijtimoiy himoya reyestrlari birlashtirilib, yagona “Ijtimoiy reyestr” joriy etildi. Endi har bir oila uchun individual qo‘llab-quvvatlash dasturi ishlab chiqilib, yordam turlari aniq ehtiyojdan kelib chiqib belgilanadi.

📊 2025-yilda 320 ming nafar ehtiyojmand fuqaroga 540 ming ijtimoiy xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, 2026-yilda bu ko‘rsatkichni yanada oshirish rejalashtirilmoqda. Natijada murojaatlar respublika darajasida 48%, viloyat darajasida 57%, tuman darajasida esa 50% ga qisqargan.

🇺🇿 Prezidentning 2025-yil 26-dekabrdagi 258-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-son qaroriga muvofiq, aholiga manzilli yordam ko‘rsatish kengaytirildi.

📌 Misol tariqasida, Muborak Ramazon oyida:

28 251 ta davlat ta’minotidagi, yetimlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar oilalariga 1 mln so‘mdan moddiy yordam ajratildi;

55 034 ta kambag‘allik reyestridagi va qo‘shimcha ehtiyojmand oilalarga 500 ming so‘mdan bir martalik yordam berildi;

767 nafar bemorning davolanish va jarrohlik amaliyoti xarajatlari qoplab berildi.

✅ Kelgusida ijtimoiy xizmatlarni yanada kengaytirish, xususiy sektorni faol jalb qilish, reabilitasiya xizmatlarini ko‘paytirish va aholining farovonligini oshirish bo‘yicha rejalar belgilangan.

✅ @sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 1