Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi tárepinen 11-15-may kúnleri ótkeriletin ilajlar rejesi.
янв.21
#HÁPTELIK_DAYJEST
янв.21
9-may Eslew hám qádirlew kúni
янв.21
“Qamıs arıq” APJ aymaǵındaǵı 11-sanlı Mektepke shekemgi bilimlendiriw mákemesiniń jumısı úyrenildi
янв.21
Халық саламатлығын қорғаў жолындағы әҳмийетли қәдем
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi deputatı G.Eshmuratovanıń deputatlıq sorawı
янв.21
“Qamıs arıq” APJ aymaǵındaǵı 11-sanlı Shańaraqlıq poliklinikanıń jumısı úyrenildi
янв.21
Aymaqtaǵı pilleshilik jumısı menen jaqınnan tanıstı
янв.21
“Qamıs arıq” máhálle jetiligi iskerligi úyrenildi
янв.21
“Keńes” APJ aymaǵındaǵı sociallıq obektler úyrenildi
Aholi murojaati — amaliy yechimlar asosida

 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputatlari tomonidan aholi murojaatlari asosida amaliy ishlar davom etmoqda.

📍 Oldin xabar qilinganidek (https://t.me/TaxiatoshtumanKengashi/1214) 2025-yil dekabr oyida “Obod makon” MFY, Berdaq ko‘chasida ichimlik suvi quvurlarining eskirganligi sababli sovuqda yorilishi holati yuzasidan fuqarolar murojaati kelib tushgan. Ushbu muammo O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Abdisadikov Yusupbay Axmedjanovich hamda “Qoraqalpoq suv ta’minoti” Taxiatosh tumani filiali hamkorligida bartaraf etildi.

📊 Keyinchalik 2026-yil 1-mavsum uchun “Obod makon” MFY hududidagi Chimboy, Ramazon, Ozodlik, Qo‘ng‘irotboy baxshi va Berdaq ko‘chalaridagi eski suv tarmoqlarini yangilash loyihasi tashabbusli byudjetga kiritilgan bo‘lsa-da, g‘oliblar qatoriga kiritilmagan edi.

📑 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 40-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, tuman qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan 105 mln so‘m mablag‘ “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga o‘tkazildi.

⚡️ Shu asosda tuman hokimi Sdikov Islambek Muratbayevich tashabbusi bilan mahalliy byudjetning erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha mablag‘ ajratilib, mazkur loyihani amalga oshirish choralari ko‘rilmoqda.

🔍 Loyihaning bugungi holati O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga saylangan deputat Artikov Davron Omarbaevich, kotibiyat mudiri A.Matniyazov va kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanovlar ishtirokida joyiga chiqib o‘rganildi.

📌 O‘rganish natijalariga ko‘ra, ushbu masalani tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish zarurligi belgilandi.

Slide 1 of 2