Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi tárepinen 11-15-may kúnleri ótkeriletin ilajlar rejesi.
янв.21
#HÁPTELIK_DAYJEST
янв.21
9-may Eslew hám qádirlew kúni
янв.21
“Qamıs arıq” APJ aymaǵındaǵı 11-sanlı Mektepke shekemgi bilimlendiriw mákemesiniń jumısı úyrenildi
янв.21
Халық саламатлығын қорғаў жолындағы әҳмийетли қәдем
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi deputatı G.Eshmuratovanıń deputatlıq sorawı
янв.21
“Qamıs arıq” APJ aymaǵındaǵı 11-sanlı Shańaraqlıq poliklinikanıń jumısı úyrenildi
янв.21
Aymaqtaǵı pilleshilik jumısı menen jaqınnan tanıstı
янв.21
“Qamıs arıq” máhálle jetiligi iskerligi úyrenildi
янв.21
“Keńes” APJ aymaǵındaǵı sociallıq obektler úyrenildi
IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI O'RGANILDI

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi raisi Z.Ro‘ziyev hamda Xalq deputatlari shahar Kengashi Kotibiyat mudiri F.Hojiyev, shuningdek, Kotibiyat bosh mutaxassislari D.Murodov va H.Pardayevlar tomonidan shahardagi “Guliston” MFY hududida aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati atroflicha o‘rganildi. 

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-319-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida e’tiborga olindi.

Xususan, ijtimoiy ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni o‘z vaqtida hamda adolatli tayinlash va to‘lash tizimi batafsil tahlil qilindi.

Shuningdek, ijtimoiy xodim tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, murojaatlar bilan ishlash jarayoni, hujjatlarning yuritilishi hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan individual ishlash holati ham o‘rganildi.

O‘rganish davomida ayrim yo‘nalishlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xizmatlar sifatini yanada oshirish, aholining ehtiyojlariga tezkor va samarali javob berish yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriq va tavsiyalar berildi.

Mas’ullar tomonidan ijtimoiy xizmatlar tizimini yanada takomillashtirish, aholining turmush darajasini yaxshilash hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini kuchaytirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 3