Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT USHIRASIWI BOLIP ÓTTI
янв.21
Deputat jaslar menen ushırastı
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi
янв.21
"Tagjap" awıl puqaralar jıyınındaǵı qurılıs jumısları úyrenildi
янв.21
ÁHMIETLI NIZAMLAR DEPUTATLAR ARASINDA BÓLISTIRILDI.
янв.21
Shımbay rayonında Ózbekstan Respublikası Prezidenti Administraciyası hám Densawlıqtı saqlaw ministrliginiń baslaması menen respublikamız boylap ótkerilip atırǵan "Salamatlıq marafonı"na start berildi.
янв.21
“Abat mákán” MPJ aymaǵındaǵı “Yahya másnáwıy iyshan” qoyımshılıǵı jaǵdayı úyrenildi
янв.21
EKSPERT TOPARI MÁJILISI BOLIP ÓTTI
янв.21
KEŃESI BASLÍǴÍNÍŃ ÁSKERIY TARAW QÁNIGELERI MENEN UShÍRASÍWÍ
янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
Tuproqqal’a tumanining chekka hududlaridan biri bo‘lgan Tuproqqal’a maskani mahallasida Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati A. Jimalyazov “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida qator samarali tadbirlarda ishtirok etdi.

 Haftalik davomida ijtimoiy og‘ir ahvolga tushish ehtimoli mavjud oilalarda profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ularning muammolari o‘rganildi hamda amaliy yordam ko‘rsatish choralari belgilandi. Shuningdek, “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” ommaviy yurish marafoni tashkil etilib, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi keng targ‘ib qilindi. Aholi salomatligini mustahkamlash maqsadida sayyor tibbiy ko‘riklar yo‘lga qo‘yildi, 5 muhim tashabbus doirasida sport musobaqalari o‘tkazildi. Bundan tashqari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar va psixologik treninglar tashkil etilib, fuqarolarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda ruhiy holatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, aholi muammolarini aniqlash va bartaraf etish, mahallalarda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish hamda fuqarolarda mahallaga daxldorlik hissini oshirishdan iborat. Ushbu tashabbuslar hududda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash va aholi farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5