Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Y.Safarov tomonidan tuman markaziy sayilgohida olib borilayotgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida sayilgoh hududida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi, ularning sifati, belgilangan loyiha asosida olib borilayotgani hamda ishlarning muddatlariga rioya etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, hududni obodonlashtirish, yashil maydonlarni kengaytirish, piyodalar yo‘laklari, o‘rindiqlar, yoritish tizimi va bolalar maydonchalari holati ham ko‘zdan kechirildi.
Deputat tomonidan sayilgohni aholining sifatli dam olishi uchun qulay va zamonaviy maskanga aylantirish, fuqarolar uchun xavfsiz va shinam muhit yaratish muhimligi ta’kidlandi.