Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QURILIS ÓNIMLERI ISLEP SHIǴARILMAQTA
янв.21
Turaqlı komissiya májlisi ótkerildi
янв.21
Shımbay rayonı Sanitariya-epidemiologiya tınıshlıq hám jámiyetlik salamatlıǵı orayı
янв.21
“Shımbay beton” JSHJ islep shıǵarıw kárxanası
янв.21
“KEŃES” AWIL PUQARALAR JIYINI ISHIMLIK SUWI TÁMIYNATI JAQSILANBAQTA
янв.21
ҮЙРЕНИӮ БАРЫСЫНДА ДЕПУТАТ БИЛИМ БЕРИЎ МЕКТЕБИНИҢ МАТЕРИАЛЛЫҚ-ТЕХНИКАЛЫҚ ЖАҒДАЙЫН ҮЙРЕНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ СОЦИАЛЛЫҚ ОБЪЕКТЛЕРДИ ҮЙРЕНДИ
янв.21
DEPUTAT BASLAMASÍ MENEN IShKI JOLLAR MAShQALASÍ ShEShILMEKTE
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDEGI SOCIALLIQ OBEKTLERDI ÚYRENDI
янв.21
DEPUTAT ESABAT TIŃLANDI
Chilonzor tumani Lutfiy mahalla fuqarolar yig‘inida “Ayollar daftari”ni shakllantirish yuzasidan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Chilonzor tumani Lutfiy mahalla fuqarolar yig‘inida “Ayollar daftari”ni shakllantirish yuzasidan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda mahalladagi kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning holati atroflicha o‘rganilib, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash choralari muhokama qilindi. Olib borilgan o‘rganishlar natijasida “Ayollar daftari”ning 2026 yilgi 7-bosqichi doirasida belgilangan 5 ta toifa bo‘yicha jami 215 nafar xotin-qizlar ro‘yxatga kiritildi.

Yig‘ilishda Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Xidiyatullina Rima Rashidovna ham faol ishtirok etib, o‘z saylov okrugida xotin-qizlar bilan olib borayotgan ishlari, ularning muammo va ehtiyojlari haqida ma'lumot berdi.

Deputat tomonidan aholidan kelib tushgan murojaatlar asosida ijtimoiy ko‘makka muhtoj, ish bilan ta’minlash, sog‘liqni saqlash, uy-joy sharoitini yaxshilash va boshqa masalalar bo‘yicha qator muammolar aniqlanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, Xidiyatullina Rima Rashidovna tomonidan bildirilgan takliflar asosida murojaatlar “Ayollar daftari”ga kiritilib, ularni manzilli hal etish choralari belgilab olindi.

Slide 1 of 6