#kotibiyat_mudiri
#Deputat_sorovi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Axunov Jamshid Shodiyevich tomonidan Boshqo‘rg‘on va Xosa mahallalarida olib borilgan o‘rganish jarayonida ushbu mahallalarni bog‘lovchi (4K498) 30V009 avtomobil yo‘lida joylashgan ko‘prik nosoz holatdaligi aniqlandi va qirg‘oq himoya inshootlari holati o‘rganildi.
Aniqlangan muammo yuzasidan J.Axunov tomonidan tuman hokimi o'rinbosari U.Quvatovga deputatlik so'rovi yuborildi.
Mazkur masala bo'yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mas'ul shaxsdan javob olingach, qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)