Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат_ҳәм_жаслар
янв.21
Депутат_мәҳәлледе
янв.21
Deputat máhállede milliy ónermentshilikti úyrendi
янв.21
Bugun Chimboy tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Chimboy tumani Kengashining navbatdagi 17- sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Депутат_мәҳәлледе
янв.21
Deputat bazardaǵı bahalardı úyrendi
янв.21
“Qarakól” máhállesiniń jumıs barısı úyrenildi
янв.21
“Shaxtemir” MPJ aymaǵındaǵı sotcial infrastrukturalıq joybarlar boyınsha ámelge asırılıp atırǵan jumıslar barısı úyrenildi
янв.21
Deputat hám Jaslar másláhát toparı qatnasıwında ótkerilgen oqıw-seminar
янв.21
13-14- mart ulıwmaxalıqlıq qayırqomlıq shembiligi
DEPUTAT VA QONUN IJROSI

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati F.Raxmanov tomonidan «O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-877-son, 09.11.2023 y.) ijrosini ta’minlash yuzasidan Beshmergan mahallasida olib borilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot: 

O‘simliklarning sog‘lom o‘sishi uchun eng avvalo sifatli sug‘orish tizimi zarurligidan kelib chiqib, mahalla hududidagi ichki ariq va zovurlarning holati ko‘zdan kechirildi. Suv yo‘llarining tozaligi o‘simliklarda turli zamburug‘li kasalliklar tarqalishining oldini olishi ta’kidlandi. 

Deputat tomonidan mahalla hududida quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat olib borildi: Mahalladagi mavjud uy tomorqalariga ekilgan mevali daraxtlar va bog‘larda o‘simliklarning fitosanitar holati ko‘zdan kechirildi. Ayniqsa, mevali daraxtlarning bahorgi mavsumga tayyorgarligi va zararkunandalarga qarshi chidamliligi ularning sug‘orish bilan bog‘liq ishlar tahlil qilindi. 

O‘rganish davomida Beshmergan mahallasining ayrim ko‘chalarida sug‘orish suvi yetib borishidagi qiyinchiliklar va ichki ariqlarning ko‘milib ketganligi aniqlandi. Bu esa o‘simliklarning suvsizlanishiga va natijada ularning kasalliklarga chidamliligi pasayishiga sabab bo‘lmoqda. 

F.Raxmanov aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etib, suv yetib kelmagan hududlarni sug‘orish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarni jalb etgan holda drenaj va suv chiqaruvchi nasos qurilmalarni ishchi holatga keltirgan holda ekin yerlarini sug‘orilishiga erishdi.