Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sh. To‘xtasinova, tuman Kengashi deputati Q. Xoliqov hamda Kengash bosh mutaxassisi A. Xaydarovlar ishtirokida Bog‘ mahalla fuqarolar yig‘inida aholi murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan muammolar atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida hal etish — ustuvor vazifalarimizdan biridir.