Koson tumanidagi “Pudina” mahallasida joylashgan 3-sonli Politexnikumda Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Zayniddin Salyamov ishtirokida “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qashqadaryo viloyat partiya tashkiloti raisi, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Nosir Halimov, Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Ruyiddin Raupov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Koson tuman partiya tashkiloti raisi Abdulla O‘rinov, Xalq deputatlari Koson tumani Kengashi deputati Halima Sattorovalar ishtirok etdi.
Uchrashuvda saylovchilarni qiziqtirgan savollarga javob brildi.