Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
GRANT TIYKARINDA JEŃIP ALINǴAN JOYBAR JUMISI MENEN TANISTI
янв.21
"MÁHÁLLE JETILIGI" AǴZALARI MENEN USHIRASIW
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi 25-sanlı “Qanlı jap” okrugi ÓZLIDEP partiyasınan saylanǵan deputat T.Palvaniyazova “Kónshi” MPJ aymaǵındaǵı Qorǵanıw isleri Shımbay rayonlıq bólimi imáratınıń qurılıs jumısları menen tanıstı.
янв.21
Turaqlı komissiya májlisi ótkerildi
янв.21
DEPUTATLAR TÁREPINEN SOCIALLÍQ TARAW OBEKTLERI ÚYRENILDI
янв.21
ДЕПУТАТЛАР ТӘРЕПИНЕН ҚУРЫЛЫС ЖУМЫСЛАРЫ ҮЙРЕНИЛДИ
янв.21
Deputat Grant tiykarında jeńimpaz bolǵan joybar jumısı menen tanıstı
янв.21
Депутат_мәҳәлледе
янв.21
Депутат_ҳәм_жаслар
янв.21
Депутат_мәҳәлледе
#nazorat tadbiri #o'rganish

Tariximizni o‘rganish va ajdodlarimizdan qolgan nodir osori-atiqalarni asrab-avaylash har birimizning burchimizdir. Shu maqsadda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Qizilgul Ermatovna Qosimova hamda Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyat mudiri Sevara Qodirova bilan shahrimizdagi “O‘lkashunoslik” muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:

✅ Muzey binosining bugungi holati va eksponatlar uchun yaratilgan sharoitlar;

✅ Tarixiy buyumlar va nodir osori-atiqalarni saqlash tartibi hamda xavfsizligi;

✅ Muzey fondini boyitish va yosh avlodni tariximizga qiziqtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar.

Deputat Q. Qosimova muzeydagi har bir eksponat xalqimizning boy o‘tmishidan so‘zlashini ta’kidlab, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishni o‘z zimmasiga oldi. Xususan, muzeyning moddiy-texnik holatini yaxshilash, eksponatlarni saqlash sharoitlarini zamon talablariga moslashtirish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish va ularni tegishli tartibda o‘rganib chiqishni o‘z oldiga ustuvor vazifa qilib belgiladi.

"Muzey — bu shunchaki bino emas, balki tariximizning tirik sahifasidir. Bu yerdagi har bir buyumni munosib saqlash va targ‘ib qilish madaniy strategiyamizning muhim qismidir," — deb ta’kidladi deputat.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha muzey faoliyatini takomillashtirish yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatildi.

Slide 1 of 4