Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат_ҳәм_жаслар
янв.21
Депутат_мәҳәлледе
янв.21
Deputat máhállede milliy ónermentshilikti úyrendi
янв.21
Bugun Chimboy tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Chimboy tumani Kengashining navbatdagi 17- sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Депутат_мәҳәлледе
янв.21
Deputat bazardaǵı bahalardı úyrendi
янв.21
“Qarakól” máhállesiniń jumıs barısı úyrenildi
янв.21
“Shaxtemir” MPJ aymaǵındaǵı sotcial infrastrukturalıq joybarlar boyınsha ámelge asırılıp atırǵan jumıslar barısı úyrenildi
янв.21
Deputat hám Jaslar másláhát toparı qatnasıwında ótkerilgen oqıw-seminar
янв.21
13-14- mart ulıwmaxalıqlıq qayırqomlıq shembiligi
Kengash_faoliyati

Bandixon tumani tibbiyot birlashmasi faoliyati tuman Kengashi deputatlari O.Ishpo'latov, X.Abdimo'minov va xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayevlar tomonidan o‘rganildi. 

Tadbir davomida Sogʻliqni saqlash sohasini raqamlashtirish va axborot tizimlari yagona kompleksini joriy etish, aholiga tibbiy xizmatlar koʻrsatish qamrovini kengaytirish, ushbu yoʻnalishda qabul qilingan raqamli transformatsiya dasturlarini samarali amalga oshirish borasida ishlari bilan tanishildi.

O‘rganish jarayonida tibbiyot muassasasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, mavjud sharoitlar, tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi hamda bemorlarga yaratilgan qulayliklar bilan tanishildi. Bepul dori-darmonlar berilishi tekshirildi.

Shuningdek, muassasa faoliyati davomida uchrayotgan ayrim muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi. 

Deputatlar tomonidan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Mazkur o‘rganish ishlari aholiga sifatli va samarali tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida olib borildi.

Slide 1 of 2