Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Juwapkerlerge tiyisli tapsırmalar berildi.
янв.21
“Ashıq byudjet” portalına kelip túsken usınıslar úyrenilip shıǵıldı.
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
КЕҢЕС БАСЛЫҒЫНЫҢ САЙЛАӮШЫЛАР МЕНЕН УШЫРАСЫӮЫ ӨТКЕРИЛДИ
янв.21
Deputat sorawı - xalıqtıń dawısı
янв.21
❗️ ШЫМБАЙ РАЙОНЫ ХДП: "ДЕПУТАТ ҲӘМ ЖАСЛАР" УШЫРАСЫЎЫ
янв.21
БИРГЕ ИСЛЕСИЎ МЕМОРАНДУМЫНА ҚОЛ ҚОЙЫЛДЫ
янв.21
SAPA HÁM BAHA - JÁMIYETSHILIK QADAǴALAWINDA
янв.21
DEPUTAT ÓZ SAYLAWShÍLARÍNA ESABAT BERDI
янв.21
❗️Шымбай районы ХДП: АКЦИЯ ШЕҢБЕРИНДЕ ХАЛЫҚТЫҢ МАШҚАЛАСЫ УНАМЛЫ ШЕШИЛЕТУҒЫН БОЛДЫ
Jazoni o‘tab qaytgan yoshlar – jamiyat e’tiborida

Jazoni o‘tab qaytgan yoshlar – jamiyat e’tiborida

 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida jazoni ijro etish muassasalaridan ozodlikka chiqqan yoshlarni ijtimoiy hayotga tez moslashtirish masalasi ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Ta’kidlanganidek, jazo muddatini o‘tab qaytgan yoshlarni chetlashtirish emas, balki ularni qo‘llab-quvvatlash, ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish va jamiyatga qayta integratsiya qilish muhim ahamiyatga ega. Bu nafaqat ijtimoiy, balki ma’naviy mas’uliyat hamdir.

Bugun Oʻzbekistonda bu borada tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, mahallalar, bandlik idoralari va sektor rahbarlari hamkorligida ozodlikka chiqqan yoshlarning muammolari o‘rganilib, ularni ishga joylashtirish va tadbirkorlikka jalb etish choralari ko‘rilmoqda.

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari sifatida biz ham ushbu masalaga alohida e’tibor qaratib, har bir yoshning taqdiriga mas’uliyat bilan yondashishimiz lozim. Chunki yoshlarni qo‘llab-quvvatlash – jamiyat barqarorligi va kelajagimiz kafolatidir.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Abdiganiyev Abror Asliddin o‘g‘li

Slide 1 of 1