Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Juwapkerlerge tiyisli tapsırmalar berildi.
янв.21
“Ashıq byudjet” portalına kelip túsken usınıslar úyrenilip shıǵıldı.
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
КЕҢЕС БАСЛЫҒЫНЫҢ САЙЛАӮШЫЛАР МЕНЕН УШЫРАСЫӮЫ ӨТКЕРИЛДИ
янв.21
Deputat sorawı - xalıqtıń dawısı
янв.21
❗️ ШЫМБАЙ РАЙОНЫ ХДП: "ДЕПУТАТ ҲӘМ ЖАСЛАР" УШЫРАСЫЎЫ
янв.21
БИРГЕ ИСЛЕСИЎ МЕМОРАНДУМЫНА ҚОЛ ҚОЙЫЛДЫ
янв.21
SAPA HÁM BAHA - JÁMIYETSHILIK QADAǴALAWINDA
янв.21
DEPUTAT ÓZ SAYLAWShÍLARÍNA ESABAT BERDI
янв.21
❗️Шымбай районы ХДП: АКЦИЯ ШЕҢБЕРИНДЕ ХАЛЫҚТЫҢ МАШҚАЛАСЫ УНАМЛЫ ШЕШИЛЕТУҒЫН БОЛДЫ
Saylovchilar bilan belgilangan jadval asosida navbatdagi qabul o‘tkazildi

Saylovchilar bilan belgilangan jadval asosida navbatdagi qabul o‘tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlarining 2026-yilning birinchi yarim yilligi uchun tasdiqlangan saylovchilar bilan uchrashuvlar jadvaliga muvofiq, Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi, - “Qishloqozon” saylov okrugidan saylangan deputat - J. Xudoyqulova tuman Kengashi deputati Ch.Alimov hamda “Qishloqozon” mahallasi raisi Sh.Nazarov hamkorligida kuni kecha “Qishloqozon” mahallasida navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mahalla aholisi o‘zlarini qiynayotgan ijtimoiy, kommunal, bandlik, yo‘l-transport hamda kundalik turmush bilan bog‘liq masalalarni deputatlarga yetkazdi. Har bir murojaat mas’ul tashkilotlar bilan birga joyida ko‘rib chiqilib, amalga oshiriladigan ishlar aniqlanib, masalalar bo‘yicha aniq ijrochilar va bajarish muddatlari belgilandi.

 Kelib tushgan murojaatlar belgilangan tartibda ro‘yxatga olinib, deputatlar tomonidan qat’iy nazoratga olindi. Uchrashuv ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tdi, fuqarolarning taklif va tashabbuslari alohida e’tiborga olindi.

 Ushbu qabul aholi muammolarini joyida o‘rganish, ularni manzilli va samarali hal etishga qaratilgan amaliy ishlarning uzviy davomi bo‘ldi. Shu bilan birga, mahalla aholisi bilan muntazam uchrashuvlar orqali ularning hayotiy muammolariga tezkor yechim topish, ehtiyojlarini chuqurroq o‘rganish va ijtimoiy rivojlanishga hissa qo‘shish davom ettirilmoqda.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 5