Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Juwapkerlerge tiyisli tapsırmalar berildi.
янв.21
“Ashıq byudjet” portalına kelip túsken usınıslar úyrenilip shıǵıldı.
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
КЕҢЕС БАСЛЫҒЫНЫҢ САЙЛАӮШЫЛАР МЕНЕН УШЫРАСЫӮЫ ӨТКЕРИЛДИ
янв.21
Deputat sorawı - xalıqtıń dawısı
янв.21
❗️ ШЫМБАЙ РАЙОНЫ ХДП: "ДЕПУТАТ ҲӘМ ЖАСЛАР" УШЫРАСЫЎЫ
янв.21
БИРГЕ ИСЛЕСИЎ МЕМОРАНДУМЫНА ҚОЛ ҚОЙЫЛДЫ
янв.21
SAPA HÁM BAHA - JÁMIYETSHILIK QADAǴALAWINDA
янв.21
DEPUTAT ÓZ SAYLAWShÍLARÍNA ESABAT BERDI
янв.21
❗️Шымбай районы ХДП: АКЦИЯ ШЕҢБЕРИНДЕ ХАЛЫҚТЫҢ МАШҚАЛАСЫ УНАМЛЫ ШЕШИЛЕТУҒЫН БОЛДЫ
Aholi murojaatlari e’tiborda: sayyor o‘rganish o‘tkazildi

Aholi murojaatlari e’tiborda: sayyor o‘rganish o‘tkazildi

Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Navoiy shahar kengashi raisi J. Hamroyev viloyat kengashi vakillari bilan hamkorlikda, Navoiy shahar Kengashi deputati B. Bazarov ishtirokida “Yoshlik” mahallasida sayyor o‘rganish o‘tkazdi.

Tashrif davomida aholi bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etilib, fuqarolarning muammolari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning murojaatlariga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, ikki nafar fuqaro sog‘lig‘i bilan bog‘liq masalada bepul davolanish uchun amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

Mazkur murojaatlar deputatlik so‘rovi tartibida rasmiylashtirilib, ularning ijobiy hal etilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi. Masala bo‘yicha mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda aniq chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi.

Partiya vakillari aholi muammolarini joyiga chiqib o‘rganish, ularni tizimli ravishda hal etish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bundan buyon ham ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolishini ta’kidladi.

 

Slide 1 of 4