Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat sorawı - xalıqtıń dawısı
янв.21
❗️ ШЫМБАЙ РАЙОНЫ ХДП: "ДЕПУТАТ ҲӘМ ЖАСЛАР" УШЫРАСЫЎЫ
янв.21
БИРГЕ ИСЛЕСИЎ МЕМОРАНДУМЫНА ҚОЛ ҚОЙЫЛДЫ
янв.21
SAPA HÁM BAHA - JÁMIYETSHILIK QADAǴALAWINDA
янв.21
DEPUTAT ÓZ SAYLAWShÍLARÍNA ESABAT BERDI
янв.21
❗️Шымбай районы ХДП: АКЦИЯ ШЕҢБЕРИНДЕ ХАЛЫҚТЫҢ МАШҚАЛАСЫ УНАМЛЫ ШЕШИЛЕТУҒЫН БОЛДЫ
янв.21
DEPUTAT ÓZ SAYLAWShÍLARÍNA ESABAT BERDI
янв.21
Шымбай районы ХДП: ДЕПУТАТЛАРДЫҢ ӨЗ САЙЛАЎШЫЛАРЫНА ЕСАБАТЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
DEPUTAT ÓZ SAYLAWShÍLARÍNA ESABAT BERDI
Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati Qodirova Sarvinoz Ikromovna tomonidan Istiqlol mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi

Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati Qodirova Sarvinoz Ikromovna tomonidan Istiqlol mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida deputat o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar yuzasidan axborot berdi. Xususan, mahalladagi ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari olib borilgani, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilgani, elektr energiyasi tarmoqlarini yangilash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani ta’kidlandi. Shuningdek, hududni obodonlashtirish, ko‘cha yoritish tizimini yaxshilash hamda aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan tashabbuslar natijasida bir qator ijobiy o‘zgarishlarga erishilgani qayd etildi.

Deputat tomonidan fuqarolarning avvalgi uchrashuvlarda bildirgan murojaatlari asosida tegishli tashkilot va idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborilgani, ayrim masalalar o‘z yechimini topgani, qolgan muammolar esa bosqichma-bosqich hal etilayotgani ma’lum qilindi.

Muloqot jarayonida saylovchilar tomonidan yangi taklif va tashabbuslar ilgari surilib, mahallani yanada rivojlantirish borasida fikr almashildi. Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tib, aholining faolligi hamda hamkorlik muhiti kelgusidagi ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 1