Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat sorawı - xalıqtıń dawısı
янв.21
❗️ ШЫМБАЙ РАЙОНЫ ХДП: "ДЕПУТАТ ҲӘМ ЖАСЛАР" УШЫРАСЫЎЫ
янв.21
БИРГЕ ИСЛЕСИЎ МЕМОРАНДУМЫНА ҚОЛ ҚОЙЫЛДЫ
янв.21
SAPA HÁM BAHA - JÁMIYETSHILIK QADAǴALAWINDA
янв.21
DEPUTAT ÓZ SAYLAWShÍLARÍNA ESABAT BERDI
янв.21
❗️Шымбай районы ХДП: АКЦИЯ ШЕҢБЕРИНДЕ ХАЛЫҚТЫҢ МАШҚАЛАСЫ УНАМЛЫ ШЕШИЛЕТУҒЫН БОЛДЫ
янв.21
DEPUTAT ÓZ SAYLAWShÍLARÍNA ESABAT BERDI
янв.21
Шымбай районы ХДП: ДЕПУТАТЛАРДЫҢ ӨЗ САЙЛАЎШЫЛАРЫНА ЕСАБАТЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
DEPUTAT ÓZ SAYLAWShÍLARÍNA ESABAT BERDI
Chinoz tumani “Firibgarlikdan saqlaning!” — ogohlik va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan targ‘ibot uchrashuvi

⚡️Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati A.Aliyev hamda O'zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi Chinoz tumani Kengashi raisi I.Ma’murov bilan birgalikda tumandagi 32-sonli umumta’lim maktabida “Firibgarlikdan saqlaning!” shiori ostida umumiy firibgarlikka qarshi targ‘ibot aksiyasi doirasida uchrashuv o‘tkazildi.

✨Mazkur tadbirning asosiy maqsadi o‘quvchi-yoshlar hamda pedagog jamoa o‘rtasida firibgarlikning turli ko‘rinishlari, xususan, internet va telefon orqali sodir etilayotgan jinoyatlar haqida tushuntirish ishlarini olib borish, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ogohlikni kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.

⚡️Uchrashuv davomida deputat A.Aliyev so'zida firibgarlik holatlariga aldanib qolmaslik uchun zarur ehtiyot choralariga amal qilish, shaxsiy ma’lumotlarni begonalarga bermaslik, shubhali qo‘ng‘iroq va xabarlarga ishonmaslik zarurligini ta’kidladilar. Shuningdek, yoshlarni hushyorlikka chaqirish, ularda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda qonunbuzarliklarning oldini olish borasida tizimli targ‘ibot ishlarini davom ettirish lozimligi qayd etildi.

✨Tadbir ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi. Mazkur uchrashuv yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish va firibgarlik jinoyatlarining oldini olishga qaratilgan muhim amaliy qadam bo‘ldi.

Slide 1 of 3