Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat sorawı - xalıqtıń dawısı
янв.21
❗️ ШЫМБАЙ РАЙОНЫ ХДП: "ДЕПУТАТ ҲӘМ ЖАСЛАР" УШЫРАСЫЎЫ
янв.21
БИРГЕ ИСЛЕСИЎ МЕМОРАНДУМЫНА ҚОЛ ҚОЙЫЛДЫ
янв.21
SAPA HÁM BAHA - JÁMIYETSHILIK QADAǴALAWINDA
янв.21
DEPUTAT ÓZ SAYLAWShÍLARÍNA ESABAT BERDI
янв.21
❗️Шымбай районы ХДП: АКЦИЯ ШЕҢБЕРИНДЕ ХАЛЫҚТЫҢ МАШҚАЛАСЫ УНАМЛЫ ШЕШИЛЕТУҒЫН БОЛДЫ
янв.21
DEPUTAT ÓZ SAYLAWShÍLARÍNA ESABAT BERDI
янв.21
Шымбай районы ХДП: ДЕПУТАТЛАРДЫҢ ӨЗ САЙЛАЎШЫЛАРЫНА ЕСАБАТЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
DEPUTAT ÓZ SAYLAWShÍLARÍNA ESABAT BERDI
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati Shayimova Xalnisa Yakubovna “Paxtakor” mahallasi yettiligi hamda tegishli tashkilotlar vakillari bilan birgalikda hududdagi ijtimoiy soha obyektlarida bo‘lib, mavjud muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi hamda xatlov natijalari bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida sog‘liqni saqlash muassasalari (9-OSHP va Ozodlik OSHP), maktabgacha ta’lim tashkilotlari (26- va 28-MTT) hamda ta’lim muassasalari (14- va 16-umumiy o‘rta ta’lim maktablari) faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan muammolar:

1️⃣26- va 28-MTTlarda zamonaviy ta’lim jarayonini tashkil etish uchun interaktiv doskalarga ehtiyoj mavjud, shuningdek 28-MTT uchun 3 ta bolalar o‘yingohi zarur.

2️⃣16-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar soni ortib borayotgani sababli qo‘shimcha o‘quv binosiga ehtiyoj bor.

3️⃣Ozodlik qishlog‘ida tomorqa yerlariga suv chiqishini yaxshilash maqsadida drenaj tizimini ta’mirlash hamda ariqlarga lotoklar o‘rnatish lozim. Shuningdek Baxmal, Mehnatovov va Zulfiya ko‘chalariga elektr ustunlari o‘rnatish zarur.

4️⃣9-son oilaviy shifokorlik punkti faoliyatini ishga tushirish jarayoni cho‘zilib ketgan.

Deputat tomonidan mazkur masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilib, mutasaddi idoralarga kiritilishi belgilandi. O‘rganish natijalari yuzasidan amaliy choralar ko‘rish orqali hudud aholisi uchun yaratilayotgan sharoitlarni yanada yaxshilash maqsad qilingan.

Slide 1 of 7