Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat sorawı - xalıqtıń dawısı
янв.21
❗️ ШЫМБАЙ РАЙОНЫ ХДП: "ДЕПУТАТ ҲӘМ ЖАСЛАР" УШЫРАСЫЎЫ
янв.21
БИРГЕ ИСЛЕСИЎ МЕМОРАНДУМЫНА ҚОЛ ҚОЙЫЛДЫ
янв.21
SAPA HÁM BAHA - JÁMIYETSHILIK QADAǴALAWINDA
янв.21
DEPUTAT ÓZ SAYLAWShÍLARÍNA ESABAT BERDI
янв.21
❗️Шымбай районы ХДП: АКЦИЯ ШЕҢБЕРИНДЕ ХАЛЫҚТЫҢ МАШҚАЛАСЫ УНАМЛЫ ШЕШИЛЕТУҒЫН БОЛДЫ
янв.21
DEPUTAT ÓZ SAYLAWShÍLARÍNA ESABAT BERDI
янв.21
Шымбай районы ХДП: ДЕПУТАТЛАРДЫҢ ӨЗ САЙЛАЎШЫЛАРЫНА ЕСАБАТЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
DEPUTAT ÓZ SAYLAWShÍLARÍNA ESABAT BERDI
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi va “Madad” NNT o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Xalq deputatlari Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi hamda Madad nodavlat notijorat tashkilotining tumandagi vakili o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Mazkur memorandum tumanda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga huquqiy ko‘mak ko‘rsatish hamda qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etishga qaratilgan.

Memorandum O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni hamda amaldagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida tuzilgan bo‘lib, tomonlarning o‘zaro hamkorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tomonlar kelgusida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni amalga oshirishga kelishib oldilar:

aholiga bepul huquqiy maslahatlar tashkil etish;

sayyor qabullar va uchrashuvlar o‘tkazish;

huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish;

yoshlar va xotin-qizlar uchun huquqiy savodxonlik bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazish;

fuqarolarning murojaatlarini tizimli ravishda o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish.

Ushbu memorandum hududda fuqarolik jamiyati institutlari va mahalliy vakillik organlari o‘rtasidagi samarali hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

Slide 1 of 4