Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
❗️ ШЫМБАЙ РАЙОНЫ ХДП: "ДЕПУТАТ ҲӘМ ЖАСЛАР" УШЫРАСЫЎЫ
янв.21
БИРГЕ ИСЛЕСИЎ МЕМОРАНДУМЫНА ҚОЛ ҚОЙЫЛДЫ
янв.21
SAPA HÁM BAHA - JÁMIYETSHILIK QADAǴALAWINDA
янв.21
DEPUTAT ÓZ SAYLAWShÍLARÍNA ESABAT BERDI
янв.21
❗️Шымбай районы ХДП: АКЦИЯ ШЕҢБЕРИНДЕ ХАЛЫҚТЫҢ МАШҚАЛАСЫ УНАМЛЫ ШЕШИЛЕТУҒЫН БОЛДЫ
янв.21
DEPUTAT ÓZ SAYLAWShÍLARÍNA ESABAT BERDI
янв.21
Шымбай районы ХДП: ДЕПУТАТЛАРДЫҢ ӨЗ САЙЛАЎШЫЛАРЫНА ЕСАБАТЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
DEPUTAT ÓZ SAYLAWShÍLARÍNA ESABAT BERDI
янв.21
Шымбай районы ХДП: ДЕПУТАТ ӨЗ САЙЛАЎШЫЛАРЫНА ЕСАБАТ БЕРДИ
📌 SAYYOR QABULDA KO‘TARILGAN MASALALAR JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI

📌 SAYYOR QABULDA KO‘TARILGAN MASALALAR JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI

2026-yil 15-fevral kuni Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi deputati, tuman hokimi S. Astonov hamda tuman Kengashi deputatlari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda Niyozmat va Nebo‘sa mahallalari fuqarolari tomonidan elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar ko‘tarilgan edi. 

🔎 Qabulda bildirilgan murojaatlar yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri hamda tuman elektr tarmoqlari korxonasi mutasaddilari joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlarini olib bordi. 

Niyozmat mahallasi  

O‘rganishlar davomida Niyozmat qishlog‘iga hashar yo‘li bilan olib kelingan beton ustunlarni o‘rnatish va yangi elektr simlari tortish masalasi muhokama qilindi. Qishloq aholisi bilan kelishilgan holda ushbu hududga 2 km elektr simi olib berilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi. 

Nebo‘sa mahallasi

 “Qo‘shtamg‘ali” qishlog‘i aholisi o‘z mablag‘lari hisobidan eskirgan transformatorni yangisiga almashtirganini bildirib, hududdagi yaroqsiz simyog‘ochlarni yangilash masalasida murojaat qilgan edi. O‘rganish natijasida
mavjud simyog‘ochlar haqiqatan ham yaroqsiz holga kelgani aniqlandi. Mazkur hududga 30 dona yangi beton ustun olib berish bo‘yicha tuman hokimiga taklif kiritish belgilandi.
 

🤝 Har bir fuqaroning murojaatini ijobiy hal etish — ustuvor vazifa. Ayniqsa, faqat davlatdan yordam kutib o‘tirmay, o‘z tashabbusi bilan jonbozlik ko‘rsatayotgan hududlarga albatta davlat ko‘magi ham ko‘rsatiladi. 

Ko‘tarilgan muammolar yuzasidan tuman Kengashi deputatlari tomonidan belgilangan tartibda deputat so‘rovlari yuborilib, masalalarning qisqa muddatlarda ijobiy hal etilishi ta’minlanadi. 

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 4