Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҚУЎАНЫШ ҲӘМ МЕҲИР ҮЛЕСЕЙИК" АКЦИЯСЫ
янв.21
Депутат мәҳәлледе жойбары
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
PREZIDENT MÚRÁJATNAMASÍ – NÁTIYJELI REFORMALAR HÁM ALDAǴÍ REJELER
янв.21
PREZIDENT MÚRÁJATNAMASÍ – NÁTIYJELI REFORMALAR HÁM ALDAǴÍ REJELER
янв.21
PREZIDENT MÚRÁJATNAMASÍ – NÁTIYJELI REFORMALAR HÁM ALDAǴÍ REJELER
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari va a’zolari Chimboy tumani hokimligi binosida bo‘lib, Xalq deputatlari Chimboy tumani Kengashi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Mehir háreketi”
янв.21
“Mehir háreketi”
янв.21
Депутат қадағалаўы
Deputat tomonidan ijtimoiy ko‘makka muhtoj nuroniylar holidan xabar olindi

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Baxriddin Nurmatov tomonidan mahalla hududida istiqomat qiluvchi yotoqlik kasal bemor fuqarolar, shuningdek ijtimoiy ko‘makka muhtoj nuroniylar holidan xabar olish maqsadida uyma-uy yurilib o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

Mazkur tashriflar davomida fuqaro va nuroniylarning salomatlik holati, kundalik ehtiyojlari, yashash sharoitlari hamda ularni qiynab kelayotgan muammolar atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, ularning murojaatlari tinglanib, mavjud masalalarni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda chora-tadbirlar belgilandi.

Deputat tomonidan ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning salomatligini muhofaza qilish va turmush sharoitlarini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar doimiy e’tiborda ekani ta’kidlandi. Tashrif davomida fuqarolarga ma’naviy ko‘mak ko‘rsatilib, ularning holidan muntazam xabar olib borilishi qayd etildi.

Mazkur uchrashuvlar aholi bilan bevosita muloqotni mustahkamlash, joylarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan muhim amaliy tadbir sifatida baholandi.

Slide 1 of 6