Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҚУЎАНЫШ ҲӘМ МЕҲИР ҮЛЕСЕЙИК" АКЦИЯСЫ
янв.21
Депутат мәҳәлледе жойбары
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
PREZIDENT MÚRÁJATNAMASÍ – NÁTIYJELI REFORMALAR HÁM ALDAǴÍ REJELER
янв.21
PREZIDENT MÚRÁJATNAMASÍ – NÁTIYJELI REFORMALAR HÁM ALDAǴÍ REJELER
янв.21
PREZIDENT MÚRÁJATNAMASÍ – NÁTIYJELI REFORMALAR HÁM ALDAǴÍ REJELER
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari va a’zolari Chimboy tumani hokimligi binosida bo‘lib, Xalq deputatlari Chimboy tumani Kengashi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Mehir háreketi”
янв.21
“Mehir háreketi”
янв.21
Депутат қадағалаўы
Murojaatnoma — xalq bilan muloqot va kelajak rejalarining mustahkam asosi

 Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati Z. G`ofurova tomonidan Yurtboshimizning Oliy Majlis va xalqimizga yo`llagan Murojaatnomasi yuzasidan aholi bilan targ`ibot uchrashuvi o`tkazildi. Uchrashuv davomida Murojaatnomada belgilangan ustuvor yo`nalishlar, ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilash, kam ta`minlangan oilalarni qo`llab-quvvatlash, ta`lim, sog`liqni saqlash va bandlik masalalariga alohida e`tibor qaratildi. Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar mamlakat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etishi ta`kidlab o`tildi. Targ`ibot uchrashuvida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, erishilgan natijalar atroflicha muhokama etildi. Shu bilan birga, kelgusi davrda amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar, aholi muammolarini hal etish, joylarda ijtimoiy himoyani kuchaytirish hamda fuqarolar manfaatlarini ta`minlashga qaratilgan rejalar belgilab olindi. Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o`z fikr va takliflarini bildirib, partiyaning xalq bilan yaqin muloqotini yanada kuchaytirish, Murojaatnomada belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etishda faol ishtirok etish zarurligi ta`kidlandi. Bunday targ`ibot tadbirlari aholining siyosiy faolligini oshirish, islohotlar mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish hamda partiyaning dasturiy maqsadlarini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.  

Slide 1 of 2