Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT ÓZ SAYLAWShÍLARÍNA ESABAT BERDI
янв.21
❗️Шымбай районы ХДП: АКЦИЯ ШЕҢБЕРИНДЕ ХАЛЫҚТЫҢ МАШҚАЛАСЫ УНАМЛЫ ШЕШИЛЕТУҒЫН БОЛДЫ
янв.21
DEPUTAT ÓZ SAYLAWShÍLARÍNA ESABAT BERDI
янв.21
Шымбай районы ХДП: ДЕПУТАТЛАРДЫҢ ӨЗ САЙЛАЎШЫЛАРЫНА ЕСАБАТЛАРЫ ДАЎАМ ЕТПЕКТЕ
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
DEPUTAT ÓZ SAYLAWShÍLARÍNA ESABAT BERDI
янв.21
Шымбай районы ХДП: ДЕПУТАТ ӨЗ САЙЛАЎШЫЛАРЫНА ЕСАБАТ БЕРДИ
янв.21
DEPUTAT ÓZ SAYLAWShÍLARÍNA ESABAT BERDI
янв.21
DEPUTAT ÓZ SAYLAWShÍLARÍNA ESABAT BERDI
янв.21
Шымбай районы ХДП: ДЕПУТАТ ӨЗ САЙЛАЎШЫЛАРЫНА ЕСАБАТ БЕРДИ
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi

  

Joriy yilning 29-dekabr kuni xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq 21-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya ishiga viloyat hokimining oʻrinbosarlari, tegishli viloyat boshqarmalari rahbarlari, jamoat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

Shuningdek, bugungi sessiyada Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining maslahatchisi Qarshiboyev Jasur Hazratqulovich, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Mirzayev Mubin Muhiddinovich hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hisob
palatasining masʼul xodimi Joʻrayev Sanjar Sadikovichlar ham ishtirok etishdi.
Sessiyani xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Jamol Rajabboyevich Ashurov boshqarib bordi. 

Kun tartibiga kiritilgan birinchi masala (Buxoro viloyatining 2026-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash toʻgʻrisida) boʻyicha viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari B.Axmedov maʼruza qilib, viloyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, mahalliy byudjetning asosiy koʻrsatkichlari hamda 2026-yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar toʻgʻrisida axborot berdi. 

Shundan soʻng sessiyada navbatdagi masala (2026-yilda Buxoro viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida) viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari B.Axmedov axborot berdi.  

Shuningdek, kun tartibiga kiritilgan uchinchi masala (Buxoro viloyati boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan ayrim soliqlarga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar hamda mutlaq miqdor summalarini tasdiqlash toʻgʻrisida) yuzasidan viloyat soliq boshqarmasi boshligʻi D.Yuldashev axborot berdi. 

Xalq deputatlari viloyat Kengashi vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi. Bu borada deputatlarning ham fikr-mulohazalari
va takliflari tinglandi.
 

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan xalq deputatlari viloyat Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.  

Slide 1 of 19