Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati B.Toshpo‘latov tomonidan “Qaliya” MFYning "mahalla yettiligi" aʼzolari hamda fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida mahalladagi bugungi holat va aholining qiynab kelayotgan masalalari muhokama qilindi.
Jumladan:
- Kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularni kambag‘allikdan chiqarish;
- Oilaviy ajrimlarning oldini olish va nizolarni bartaraf etish;
- Mahallada obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha.
Shuningdek , uchrashuv davomida fuqarolar o‘z taklif va muammolarini bildirdilar. Deputat B.Toshpo‘latov muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi haqida maʼlumot berib, ularni bartaraf etishda mahalla faollari va jamoatchilik bilan hamkorlikda ishlash muhimligini taʼkidladi.