Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashining yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida 5 ta masala atroflicha ko‘rib chiqildi. Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi doimiy komissiya raislarining 2025-yil yakuni bo‘yicha hisoboti eshitildi. O‘tgan davr mobaynida bo‘lib o‘tgan 15 ta sessiyalarda doimiy komissiyalar tomonidan jami 97 ta masalalar ko‘rib chiqilib, sessiya muhokamasiga kiritilgan. Barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ijrosi nazoratga olingan. Shuningdek, doimiy komissiyalar oldidagi dolzarb masalalarga ham deputatlar to‘xtalib o‘tdilar. Kun tartibidagi ikkinchi masala O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-avgustdagi ”Osiyo taraqqiyoti banki ishtirokida “Toshkent viloyati shahar tumanlarida ichimlik va oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish (3-bosqich”) PQ-341-qarori asosida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida shahar Suvoqava tarmog‘i boshlig‘i X.Gaybullaevning hisoboti eshitildi. Deputatlar tomonidan mahallalarda olib borilayotgan ishlarning sifati va ijro muddati bo‘yicha aholidan ko‘plab shikoyatlar tushayotganligi, bu borada nazoratni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalarni berdilar. Uchinchi masala shahar Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida bo‘lim boshlig‘i B.Sattarovning hisoboti eshitildi. Shaharda “Ayollar daftari” bo‘yicha olib borilgan ishlar to‘g‘risida shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i A.Turaqulovaning hisoboti ko‘rib chiqildi. Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashining 2025-yil 3-mart kunidagi sessiya qarorini
1-ilovasiga o‘zgartirish kiritilib, yangi tarkibdagi Ishchi guruhi ro‘yxati tasdiqlandi. Kun tartibidagi barcha masalalar so‘ngida doimiy komissiyalarning xulosalari va sessiya kotibining sessiya o‘tkazilishi yuzasidan yakuniy axboroti eshitildi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda sessiya qarorlari qabul qilindi.