Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi tárepinen 11-15-may kúnleri ótkeriletin ilajlar rejesi.
янв.21
#HÁPTELIK_DAYJEST
янв.21
9-may Eslew hám qádirlew kúni
янв.21
“Qamıs arıq” APJ aymaǵındaǵı 11-sanlı Mektepke shekemgi bilimlendiriw mákemesiniń jumısı úyrenildi
янв.21
Халық саламатлығын қорғаў жолындағы әҳмийетли қәдем
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi deputatı G.Eshmuratovanıń deputatlıq sorawı
янв.21
“Qamıs arıq” APJ aymaǵındaǵı 11-sanlı Shańaraqlıq poliklinikanıń jumısı úyrenildi
янв.21
Aymaqtaǵı pilleshilik jumısı menen jaqınnan tanıstı
янв.21
“Qamıs arıq” máhálle jetiligi iskerligi úyrenildi
янв.21
“Keńes” APJ aymaǵındaǵı sociallıq obektler úyrenildi
Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati G.Sharipova shahar Axborot-kutubxona markazi binosida “mahalla yettiligi” bilan hamkorligida “Bog‘ishamol” mahallasi aholisi, nuroniylari va yoshlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi” hamda “Milliy qadriyatlar – ma’naviyatimiz poydevori” mavzulari
atroflicha muhokama qilindi. Suhbat davomida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, inson qadrini ulug‘lash, ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlash borasida belgilangan
me’yor va kafolatlar haqida batafsil tushuntirish berildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati bilan tanishtirib o‘tdi. Milliy qadriyatlarimizni asrash, avlodlar o‘rtasida ma’naviy uzviylikni ta’minlash, yoshlarni Vatanga sadoqat, mehr-oqibat, halollik kabi yuksak fazilatlar ruhida tarbiyalashning dolzarbligi ta’kidlandi. Uchrashuv jarayonida mahalla faollari va nuroniylar tomonidan yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish, oilaviy tarbiya, mahalla birdamligi hamda milliy-ma’naviy merosni keng targ‘ib etish bo‘yicha taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
 

   

Slide 1 of 4