Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi tárepinen 11-15-may kúnleri ótkeriletin ilajlar rejesi.
янв.21
#HÁPTELIK_DAYJEST
янв.21
9-may Eslew hám qádirlew kúni
янв.21
“Qamıs arıq” APJ aymaǵındaǵı 11-sanlı Mektepke shekemgi bilimlendiriw mákemesiniń jumısı úyrenildi
янв.21
Халық саламатлығын қорғаў жолындағы әҳмийетли қәдем
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi deputatı G.Eshmuratovanıń deputatlıq sorawı
янв.21
“Qamıs arıq” APJ aymaǵındaǵı 11-sanlı Shańaraqlıq poliklinikanıń jumısı úyrenildi
янв.21
Aymaqtaǵı pilleshilik jumısı menen jaqınnan tanıstı
янв.21
“Qamıs arıq” máhálle jetiligi iskerligi úyrenildi
янв.21
“Keńes” APJ aymaǵındaǵı sociallıq obektler úyrenildi
📢 Samarqand shahar ma’muriy-hududiy chegaralarini kengaytirish bo‘yicha komissiya xulosasi e’lon qilindi.

📢 Samarqand shahar ma’muriy-hududiy chegaralarini kengaytirish bo‘yicha komissiya xulosasi e’lon qilindi.

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi N.Bagirov tomonidan Samarqand shahar chegaralarini kengaytirish masalasi bo‘yicha o‘rganishlar yakunlandi.

🔎 O‘rganish natijalariga ko‘ra:

• Shahar hududi 11,8 ming gektardan 28,9 ming gektarga, ya’ni 17 651 gektarga kengayishi belgilangan.

• Aholi soni 604 ming nafardan 882 ming nafarga yetishi prognoz qilingan.

Bu kengayish turistik, iqtisodiy va infratuzilma loyihalarini joylashtirish uchun keng imkoniyat yaratadi.

🏗 Rejalashtirilayotgan yirik loyihalar:

• Disney-land – 20 mln dollar / 450 ish o‘rni

• Kazino – 15 mln dollar / 75 ish o‘rni

• Golf maydoni – 40 mln dollar / 40 ish o‘rni

• Ralli va karting markazi – 10 mln dollar / 200 ish o‘rni

• Akva-park va rafting hududi – 3 mln dollar / 150 ish o‘rni

• Havo sharlarida, paroplan va deltaplanda parvoz hududi – 3 mln dollar / 80 ish o‘rni

Ushbu loyihalar shahar turizmini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy faollikni oshirishga xizmat qiladi.

📝 Komissiya xulosasi:

Doimiy komissiya raisi N.Bagirov ta’kidlaganidek, keltirilgan ma’lumotlar asosida:

➡️ Samarqand shahar ma’muriy-hududiy chegaralarini kengaytirish taklifi maqsadga muvofiq deb topildi.

➡️ Masalani shahar Kengashi sessiyasida ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun tavsiya etildi.