Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi tárepinen 11-15-may kúnleri ótkeriletin ilajlar rejesi.
янв.21
#HÁPTELIK_DAYJEST
янв.21
9-may Eslew hám qádirlew kúni
янв.21
“Qamıs arıq” APJ aymaǵındaǵı 11-sanlı Mektepke shekemgi bilimlendiriw mákemesiniń jumısı úyrenildi
янв.21
Халық саламатлығын қорғаў жолындағы әҳмийетли қәдем
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi deputatı G.Eshmuratovanıń deputatlıq sorawı
янв.21
“Qamıs arıq” APJ aymaǵındaǵı 11-sanlı Shańaraqlıq poliklinikanıń jumısı úyrenildi
янв.21
Aymaqtaǵı pilleshilik jumısı menen jaqınnan tanıstı
янв.21
“Qamıs arıq” máhálle jetiligi iskerligi úyrenildi
янв.21
“Keńes” APJ aymaǵındaǵı sociallıq obektler úyrenildi
📢 Samarqand shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida muhim qaror qabul qilindi.

📢 Samarqand shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida muhim qaror qabul qilindi.

Samarqand shahar hokimining o‘rinbosari F.Najmiddinov tomonidan taqdim etilgan hisobot asosida Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Samarqand shahrining ma’muriy-hududiy chegaralarini kengaytirish bo‘yicha muhim qaror tasdiqlandi.

📌 Qarorga ko‘ra:

• Samarqand, Pastdarg‘om, Toyloq va Oqdaryo tumanlaridan shahar tarkibiga yer maydonlarini qo‘shib olish bo‘yicha taqdim etilgan takliflar ma’lumot sifatida qabul qilindi.

• Tayyorlangan loyihaga muvofiq yangi hudud chegaralari, kartografik chizmalar va chegara tavsiflari tasdiqlandi.

• Ayrim hududlar Pastdarg‘om tumaniga qayta biriktirilishi ham belgilandi.

• Mazkur hududlarni birlashtirish orqali Samarqandni “millionli yashil shahar” sifatida rivojlantirish konsepsiyasi ilgari surildi.

✨ Bu o‘zgarishlar Samarqand shahrida yangi turistik va iqtisodiy loyihalar uchun keng imkoniyatlar yaratadi, infratuzilmani rivojlantirishga xizmat qiladi.

📤 Qaror viloyat Kengashiga ko‘rib chiqish uchun yuborildi.

📌 Qaror ijrosi shahar Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi N.Bagirov hamda shahar hokimining o‘rinbosari F. Najmiddinov zimmasiga yuklatildi.