Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi tárepinen 11-15-may kúnleri ótkeriletin ilajlar rejesi.
янв.21
#HÁPTELIK_DAYJEST
янв.21
9-may Eslew hám qádirlew kúni
янв.21
“Qamıs arıq” APJ aymaǵındaǵı 11-sanlı Mektepke shekemgi bilimlendiriw mákemesiniń jumısı úyrenildi
янв.21
Халық саламатлығын қорғаў жолындағы әҳмийетли қәдем
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi deputatı G.Eshmuratovanıń deputatlıq sorawı
янв.21
“Qamıs arıq” APJ aymaǵındaǵı 11-sanlı Shańaraqlıq poliklinikanıń jumısı úyrenildi
янв.21
Aymaqtaǵı pilleshilik jumısı menen jaqınnan tanıstı
янв.21
“Qamıs arıq” máhálle jetiligi iskerligi úyrenildi
янв.21
“Keńes” APJ aymaǵındaǵı sociallıq obektler úyrenildi
3-dekabr – Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni munosabati bilan Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida “Yurakdan yurakka” nomli inklyuziv ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.

Mehr va san’at uyg‘unligi: Nurafshonda inklyuziv ko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda

❤️ 3-dekabr – Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni munosabati bilan Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida “Yurakdan yurakka” nomli inklyuziv ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.

✅Tadbir doirasida imkoniyati cheklangan shaxslar, shuningdek, viloyatdagi maxsus internat muassasalari tarbiyalanuvchilari tomonidan yaratilgan ijodiy ishlar namoyish etilmoqda. Ular tomonidan tayyorlangan rasmlar, qo‘lda ishlangan buyumlar, hunarmandchilik mahsulotlari va dekorativ san’at namunalari savdosi ham tashkil etilgan.

Ko‘rgazma nafaqat iste’dod egalari uchun o‘z ijodini namoyon etish imkonini beradi, balki jamiyatda inklyuzivlikni qo‘llab-quvvatlash, mehr-oqibat va e’tibor ruhini keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

Tadbirda viloyat hokimi Z.Mirzayev, Xalq deputatlari Kengash raisi S.Fayziyeva va viloyat deputatlari ham faol ishtirok etib, yosh iste'dod egalari tayyorlagan ijod namunalaridan xarid qilishdi. 

Ko‘rgazma ertaga ham davom etadi.

https://t.me/TV_Kengash

Slide 1 of 5