Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SEMINAR BOLIP ÓTTI
янв.21
DEPUTATLAR QATNASIWINDA OQIW-SEMINAR BOLIP ÓTTI
янв.21
BASLI WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
янв.21
ÓNERMENTSHILIK JUMISI MENEN JAQINNAN TANISTI
янв.21
❗️ Баслы ўазыйпалар белгилеп алынды
янв.21
“Jipek jolı” máhálle jetiligi iskerligi úyrenildi
янв.21
Subsidiya tiykarında quyash panellerin ornatıw jumısları úyrenildi
янв.21
ДЕПУТАТЛАР ТӘРЕПИНЕН МЕКТЕПТЕН ТЫСҚАРЫ БИЛИМЛЕНДИРИЎ СИСТЕМАСЫНЫҢ ЖАҒДАЙЫ ҮЙРЕНИЛДИ
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi deputatı S.Abdievanıń deputat múrájatı
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi deputatı S.Abdievanıń deputat múrájatı
Quva tumani Ittifoq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

 Quva tumani Ittifoq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi 

Quva tumani Ittifoq mahalla
fuqarolar yig‘inida xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputati
N.Mannopova, tuman Kengashi deputati R.Nodirov xamda O‘zLiDeP Quva tuman
Kengashi apparati rahbari Yu.Abdullaeva tomonidan aholi bilan ochiq muloqot
o‘tkazildi.
 

Uchrashuvda mahalla faollari,
nuroniylar, “mahalla yettiligi” a’zolari hamda fuqarolar ishtirok etdilar.
 

Muloqotning
asosiy maqsadi davlatimiz prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va inson qadrini ulug‘lashga
qaratilgan ishlar haqida aholini xabardor qilish, shuningdek, joylardagi muammolarni
o‘rganish, fuqarolar murojaatlarini tinglash hamda ularga amaliy yechim topish orqali
xalq bilan davlat idoralari o‘rtasidagi muloqotni yanada kuchaytirishdan iborat
bo‘ldi.
 

Tadbirda
deputatlar tomonidan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan
ishlar, aholini ijtimoiy himoya qilish, infratuzilmalarni yaxshilash, tadbirkorlikni
rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga oid chora-tadbirlar haqida atroflicha
ma’lumot berildi.
 

Uchrashuv ochiq va samimiy
ruhda o‘tdi. Aholi vakillari bunday muloqotlar xalqning muammolarini eshitish,
ularni joyida hal etish va jamoatchilik faolligini oshirishda muhim ahamiyat
kasb etishini ta’kidladilar.
 

Tadbir yakunida deputatlar
aholi tomonidan bildirilgan taklif va fikr-mulohazalarni umumlashtirib, ularni
amaliy hayotga tatbiq etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqdilar,
berilgan savollarga atroflicha javoblar berdilar.
  

Slide 1 of 4