Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat_máhállede
янв.21
SHEMBILIK
янв.21
SHEMBILIK
янв.21
SHIMBAY RAYONINDA «HD SONS» KÁRXANASI JUMIS BASLADI
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi tárepinen 06-11-aprel kúnleri ótkeriletin ilajlar rejesi.
янв.21
"JASLAR SEYILI" HÁM "JASLAR DÓRETIWSHILIK KÓSHESI"
янв.21
DEPUTAT MÁLIMLEME-RESURS ORAYINIŃ JUMISI MENEN TANISTI
янв.21
GRANT TIYKARINDA JEŃIP ALINǴAN JOYBAR JUMISI MENEN TANISTI
янв.21
"MÁHÁLLE JETILIGI" AǴZALARI MENEN USHIRASIW
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi 25-sanlı “Qanlı jap” okrugi ÓZLIDEP partiyasınan saylanǵan deputat T.Palvaniyazova “Kónshi” MPJ aymaǵındaǵı Qorǵanıw isleri Shımbay rayonlıq bólimi imáratınıń qurılıs jumısları menen tanıstı.
🔹Mahalliy kengash deputati mahallada: mahalla infratuzilmasining rivoji – farovon turmush sari

 – Keyingi yillarda tomorqaga qaratilayotgan e’tibor tufayli mahalladoshlarimizning turmush tarzi yanada farovonlashdi. Ayniqsa, "Bir mahalla – bir mahsulot" tamoyili asosida ismaloqdan yaxshi daromad olinayotgani bu jarayonda muhim omil bo‘lmoqda, – deydi o‘z hududida o‘rganishlar olib borayotgan xalq deputatlari tuman Kengashining 7-“Sulton” okrugi deputati Ne’matjon Sultonov. Deputat o‘rganuvi jarayonida ko‘plab savollarga javoblar topdi: hisob-kitoblarga ko‘ra, bir gektar ekin maydonidan o‘rtacha 20-25 tonna ismaloq hosili olish imkoniyati mavjud. Shu nuqtaiy nazardan qaraganda, "Tepaqo‘rg‘on" MFY hududidagi 70 gektar tomorqa maydonida bir mavsumda o‘rtacha 1 ming 500 tonnadan ortiq inson salomatligi uchun ko‘plab foydali moddalarni jamlagan ismaloq yetishtirilar ekan. Bir necha yillik tajribaga ega bo‘lgan mirishkorlarning mahsulotlariga Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya davlatlaridan, Toshkent, Andijon, Namangan shaharlaridan ko‘plab ulgurji xaridor keladi. 

🔹Tuman mahallalarida hudud infratuzilmasini rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish, jumladan, ichki yo‘llar holatini yaxshilash va ularni ta’mirlash ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda. “Mahallabay” o‘rganishlar natijasida aholi murojaatlari asosida aniqlangan muammo va kamchiliklarni ijobiy hal etishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, "Tepaqo‘rg‘on" mahalla fuqarolar yig‘ini aholisining murojaatlari asosida mahalla hududidagi ichki yo‘llarga asfalt yotqizilib, soz va ravon holga keltirildi. Deputat va “mahalla yettiligi” hamkorligida mahallalar infratuzilmasi bilan bog‘liq eng dolzarb masalalarning tizimli hal etilishi hudud aholisining xursandchiligiga ham sabab bo‘lmoqda. 

                                                                                                                                                                                                                Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati  

Slide 1 of 1