Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“KEŃES” AWIL PUQARALAR JIYINI ISHIMLIK SUWI TÁMIYNATI JAQSILANBAQTA
янв.21
ҮЙРЕНИӮ БАРЫСЫНДА ДЕПУТАТ БИЛИМ БЕРИЎ МЕКТЕБИНИҢ МАТЕРИАЛЛЫҚ-ТЕХНИКАЛЫҚ ЖАҒДАЙЫН ҮЙРЕНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ СОЦИАЛЛЫҚ ОБЪЕКТЛЕРДИ ҮЙРЕНДИ
янв.21
DEPUTAT BASLAMASÍ MENEN IShKI JOLLAR MAShQALASÍ ShEShILMEKTE
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDEGI SOCIALLIQ OBEKTLERDI ÚYRENDI
янв.21
DEPUTAT ESABAT TIŃLANDI
янв.21
✅ DEPUTATLAR ARASINDA TAJIRIYBE ALMASIW ILAJI ÓTKERILDI
янв.21
QARARDIŃ ORINLANIWI ÚYRENILMEKTE
янв.21
DEPUTAT AYMAQTAǴI SHAŃARAQLIQ POLIKLINIKANIŃ JUMISI MENEN ÚYRENILDI
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi deputatı D.Ajimuratovtıń deputatlıq sorawı.
Deputatlar tomonidan A.Navoiy mahallasida keng qamrovli o‘rganishlar olib borildi

Deputatlar tomonidan A.Navoiy mahallasida keng qamrovli o‘rganishlar olib borildi

Bugun, Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati mudiri Xusnara Berdiyarova hamda 7-A.Navoiy saylov okrugi deputati Karomat Karimovalar A.Navoiy mahallasida bir qator dolzarb masalalar yuzasidan keng ko‘lamli o‘rganishlar olib bordi.

🏫 Dastlab mahallada bunyod etilayotgan 6-son maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilishidagi mavjud muammolar o‘rganildi. Loyihaga ko‘ra, qurilish ishlari 1-noyabr kuni yakunlanishi belgilangan bo‘lsa-da, pudrat tashkiloti rahbarining ma’lumotiga ko‘ra, qo‘shimcha shartnomalar tuzilgani va ish tartibidagi o‘zgarishlar sabab jarayon cho‘zilgan. Endilikda obyektning foydalanishga topshirilish muddati 28-dekabr etib belgilandi.

🔔 Shuningdek, deputatlar murojaat qilgan fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurib, ularning muammo va takliflarini o‘rgandilar, mavjud masalalar yuzasidan zarur tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Uchrashuv davomida aholining bo‘sh turgan tomorqalaridan samarali foydalanish, xonadon va uning atrofini obodonlashtirish, tozalik va tartibga qat’iy rioya qilish masalalari alohida ta’kidlab o‘tildi.

Tuman Kengashi tomonidan mahallalardagi muammolarni joyida o‘rganish va aholiga yaqindan ko‘mak ko‘rsatish ishlari izchil davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 7