Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SEMINAR BOLIP ÓTTI
янв.21
DEPUTATLAR QATNASIWINDA OQIW-SEMINAR BOLIP ÓTTI
янв.21
BASLI WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
янв.21
ÓNERMENTSHILIK JUMISI MENEN JAQINNAN TANISTI
янв.21
❗️ Баслы ўазыйпалар белгилеп алынды
янв.21
“Jipek jolı” máhálle jetiligi iskerligi úyrenildi
янв.21
Subsidiya tiykarında quyash panellerin ornatıw jumısları úyrenildi
янв.21
ДЕПУТАТЛАР ТӘРЕПИНЕН МЕКТЕПТЕН ТЫСҚАРЫ БИЛИМЛЕНДИРИЎ СИСТЕМАСЫНЫҢ ЖАҒДАЙЫ ҮЙРЕНИЛДИ
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi deputatı S.Abdievanıń deputat múrájatı
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi deputatı S.Abdievanıń deputat múrájatı
🔹Mahalliy kengash deputati mahallada: aholi murojaatlari - deputat e’tiborida

 🔹Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirish - bu, avvalo, o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish, ta’lim sifatini ta’minlash va hududda barqaror ijtimoiy sharoitni saqlash demakdir. Uchko‘prik tumanidagi “Oqsuv” va “Qurbon Qashqar” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida joylashgan 24 va 36-sonli umumta’lim maktablarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari tuman Kengashi deputati Bobirjon Begaliyev tomonidan joyida o‘rganildi. Maktab binosidagi issiqlik tizimlari, deraza va eshiklar, xonalar harorati va boshqa sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Deputat tomonidan aniqlangan kamchiliklar yuzasidan maktablar rahbarlariga muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. 

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasining hayotga tadbiq etilishi hududimizdagi yashil tabiatni muhofaza qilishda, yashil maydonlarni yanada kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Deputat o‘rganishlari davomida “Oqsuv” va “Qurbon Qashqar” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida ekilgan daraxtlarni sug‘orish va parvarishlash ishlarining tashkil etilganligi holatiga alohida e’tibor qaratdi. 

🔹Deputat mahalla aholisi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdagi murojaatlar yuzasidan, ya’ni hududda joylashgan ijtimoiy soha obektlarining ma’naviy eskirgan issiqlik tizimlarini yangilash hamda yo‘l xavfsizligini ta’minlash uchun piyodalar yo‘lagida bo‘lishi zarur bo‘lgan yo‘l belgilarining to‘liq o‘rnatilishi bo‘yicha deputatlik nazorati o‘rnatilishini bildirdi. 

                                                                                                                                         Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati  

Slide 1 of 1