Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi tárepinen 11-15-may kúnleri ótkeriletin ilajlar rejesi.
янв.21
#HÁPTELIK_DAYJEST
янв.21
9-may Eslew hám qádirlew kúni
янв.21
“Qamıs arıq” APJ aymaǵındaǵı 11-sanlı Mektepke shekemgi bilimlendiriw mákemesiniń jumısı úyrenildi
янв.21
Халық саламатлығын қорғаў жолындағы әҳмийетли қәдем
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi deputatı G.Eshmuratovanıń deputatlıq sorawı
янв.21
“Qamıs arıq” APJ aymaǵındaǵı 11-sanlı Shańaraqlıq poliklinikanıń jumısı úyrenildi
янв.21
Aymaqtaǵı pilleshilik jumısı menen jaqınnan tanıstı
янв.21
“Qamıs arıq” máhálle jetiligi iskerligi úyrenildi
янв.21
“Keńes” APJ aymaǵındaǵı sociallıq obektler úyrenildi
“Farg‘ona tumanida aholi muammolarini o‘rganish va manzilli yechim topish — Kaptarxona mahallasida ochiq muloqot”

“Farg‘ona tumanida aholi muammolarini o‘rganish va manzilli yechim topish — Kaptarxona mahallasida ochiq muloqot”

Farg‘ona tumanida aholining kundalik hayotiga bevosita ta’sir qilayotgan masalalarni o‘rganish va ularga tezkor yechim topishga qaratilgan ochiq muloqotlar izchil davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuv Kaptarxona mahallasda o‘tdi — har bir murojaat, har bir dard va taklif joyiga borib tinglandi.

Uchrashuvda tuman Kengashi deputatlari Sh.Rahimov, B.Sobirova, O.Dadajonova va hudud deputati G‘.Saidmirzaevlar mahalla faollari va nuroniylar bilan ochiq suhbat o‘tkazdi. Mahallaning buguni va ertasi, amalga oshirilayotgan ishlar hamda kun tartibida turgan yeng dolzarb muammolar atroflicha muhokama qilindi.

“Tashabbusli byudjet” doirasida Kaptarxona QVP uchun barpo etilayotgan qo‘shimcha bino qurilish jarayoni joyida o‘rganildi. Qurilish ishlari aholi tomonidan katta mamnuniyat bilan kutilayotgani, bino fuqarolar uchun muhim va dolzarb ehtiyoj ekani alohida ta’kidlandi.

Muloqot davomida esa eng og‘ir va e’tibor talab qiluvchi holat — 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari bor fuqaro A.X.ning og‘ir kasallik bilan kurashayotgani va davolanish uchun moddiy ko‘makka muhtojligi aniqlandi. Bu murojaat deputatlar tomonidan darhol nazoratga olindi.

Muammoni yeng tez va samarali hal etish maqsadida mutasaddilarga aniq vazifalar yuklandi hamda “Deputatlik so‘rovi” yuborish yuzasidan kelishuvga kelindi.

Slide 1 of 5