Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Temir jol” MPJ aymaǵında jaylasqan «Arzı iyshan» qoyımshılıǵında abadanlastırıw jumısları alıp barıldı
янв.21
“Kónshi” MPJ aymaǵındaǵı Qorǵanıw isleri Shımbay rayonlıq bólimi imáratınıń qurılıs jumısları menen tanıstı.
янв.21
ÁSKERIY TARAW QÁNIGELERI MENEN UShÍRASÍWÍ
янв.21
Deputat sorawına "Qaraqalpaq suw támiynatı" AJ Shımbay rayonlıq filialı tárepinen rásmiy maǵlıwmat berildi.
янв.21
МЕКТЕП ИНФРАСТРУКТУРАСЫ ҲӘМ ИМКАНИЯТЛАР ДОДАЛАНДЫ
янв.21
Deputat hám jaslar ushırasıwı bolıp ótti
янв.21
Шымбай ҳаўазы газетасы
янв.21
Májlis sońında shólkemlestiriw máseleleri kórip shıǵıldı
янв.21
Isbilermenler háreketi - Ózbekstan Liberal-demokratiyalıq partiyasınıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDE
Mahalladagi dolzarb muammolarga birgalikda yechim izlash

 Mahalladagi dolzarb muammolarga birgalikda
yechim izlash
 

  

Farg‘ona
tumanida aholi hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatayotgan ijtimoiy va infratuzilmaviy
muammolarni o‘rganish, ularga amaliy va manzilli yechim topish maqsadida o‘tkazilayotgan
ochiq muloqotlar izchil va qat’iyat bilan davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuv O‘rta qishloq mahallasida o‘tkazilib, unda
mahalla faollari va nuroniylar bilan bevosita muloqot va muammolarni joyiga chiqib
o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi. 

Uchrashuvda
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari Shuxratjon Raximov, Ozodaxon Dadajonova, Naziraxon Akbarova
hamda hudud deputati Muyassar Tojiboevalar
mahalla faollari bilan birgalikda hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni o‘rganib,
amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishdilar. 

Muloqot
davomida qator dolzarb masalalar — “Yashil
makon
” loyihasi doirasidagi ishlar, xotin-qizlar bandligi, ijtimoiy xizmatlar
sifati, infratuzilmadagi kamchiliklar va aholini qiynayotgan kundalik muammolar
atroflicha muhokama etildi. Har bir muammo batafsil tahlil qilinib, uni hal etishga qaratilgan aniq vazifalar
belgilab olindi. 

Ayniqsa,
hududdagi 35-sonli umumta’lim maktabi
holati jiddiy e’tiborni talab etayotgani ma’lum bo‘ldi. Maktabda o‘quv jarayoni
160 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lsa-da, 149 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Shu
bilan birga: 

· sport zali
yo‘q

· faollar zali
mavjud emas

· oshxona faoliyati yo‘lga qo‘yilmagan

Bu
ahvol o‘quvchilar uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy ta’lim sharoiti yaratishda jiddiy
to‘siq bo‘lib qolmoqda.  

O‘rganishlar yakunida aniqlangan har
bir muammo bo‘yicha mutasaddi idoralar mas’uliyati belgilab olindi va ularga darhol
chora ko‘rish maqsadida “Deputatlik so‘rovi”
yuborish
bo‘yicha kelishuvga erishildi. 

Bu
muloqot nafaqat navbatdagi uchrashuv sifatida, balki hududdagi haqiqiy muammolarning
manzilli yechimiga yo‘naltirilgan muhim amaliy qadam sifatida qayd etildi.  

Slide 1 of 4