Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Депутат_мәҳәлледе
янв.21
#Қайырқомлық_илажы
янв.21
#Депутат_мәҳәлледе
янв.21
#Депутат_мәҳәлледе
янв.21
#Шымбай_районы #Депутат_ҳәм_жаслар
янв.21
Diyqanshılıq ilim-izertlew institutınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
ШЫМБАЙДА ҚАЙЫРҚОМЛЫҚ ИЛАЖЫ: 27 ШАҢАРАҚҚА АЗЫҚ-АЎҚАТ ӨНИМЛЕРИ ТАРҚАТЫЛДЫ
янв.21
“Qarakól” MPJ aymaǵındaǵı jasawshı sociallıq qorǵawǵa mútaj Eliwbay Kalekeshovtıń halınan xabar alındı hám úy átrapında abadanlastırıw jumısları alıp barıldı.
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDEGI SOCIALLIQ OBEKTLERDI ÚYRENDI
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDEGI SOCIALLIQ OBEKTLERDI ÚYRENDI
Yoshlar – Yangi O‘zbekistonning poydevori:

Yoshlar – Yangi O‘zbekistonning poydevori:

Termiz davlat pedagogika institutida Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashiga 5-"Uchqizil" saylov okrugidan saylangan deputat Sh. Norsaev talaba-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

“Yoshlar – Yangi O‘zbekistonning poydevori” mavzusida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda deputat yoshlarning bugungi jamiyatdagi o‘rni, ularning ilmga chanqoqligi, tashabbuskorligi va kelajakdagi mas’uliyati haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, talaba-yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, tabiatga e’tiborli bo‘lish, yashil makonlarni kengaytirish va suv resurslaridan oqilona foydalanish borasida muhim fikrlar bildirildi.

Deputat Sh. Norsaev yoshlarga murojaat qilib, Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti ularning bilimdonligi, fidoyiligi va Vatanga sadoqati bilan chambarchas bog‘liq ekanini ta’kidladi. Shu bois, yoshlar o‘z sohasida yetuk mutaxassis bo‘lishlari, innovatsion g‘oyalar bilan chiqishlari va jamiyat hayotida faol ishtirok etishlari zarurligi qayd etildi.

Uchrashuv ochiq muloqot shaklida o‘tdi, talabalarning savollariga javob berildi va ularning fikr-mulohazalari tinglandi.

Mazkur uchrashuv orqali Termiz tuman Kengashi deputati, Ekologiya partiyasi a’zosi va tuman Ekologiya partiyasi raisi Sh. Norsaev yoshlarga nafaqat siyosiy, balki ekologik ong va mas’uliyatni ham singdirish zarurligini yana bir bor ta’kidladi.

Slide 1 of 3