Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Депутат_мәҳәлледе
янв.21
#Қайырқомлық_илажы
янв.21
#Депутат_мәҳәлледе
янв.21
#Депутат_мәҳәлледе
янв.21
#Шымбай_районы #Депутат_ҳәм_жаслар
янв.21
Diyqanshılıq ilim-izertlew institutınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
ШЫМБАЙДА ҚАЙЫРҚОМЛЫҚ ИЛАЖЫ: 27 ШАҢАРАҚҚА АЗЫҚ-АЎҚАТ ӨНИМЛЕРИ ТАРҚАТЫЛДЫ
янв.21
“Qarakól” MPJ aymaǵındaǵı jasawshı sociallıq qorǵawǵa mútaj Eliwbay Kalekeshovtıń halınan xabar alındı hám úy átrapında abadanlastırıw jumısları alıp barıldı.
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDEGI SOCIALLIQ OBEKTLERDI ÚYRENDI
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDEGI SOCIALLIQ OBEKTLERDI ÚYRENDI
Xalq deputati S. Nazarovning saylovchilar bilan uchrashuvi:

Xalq deputati S. Nazarovning saylovchilar bilan uchrashuvi:

2025-yil 15-sentabr kuni Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashiga 20-Gulbahor saylov okrugidan saylangan deputat S. Nazarov 27-maktabda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolar, mahalla va maktab hayotiga oid dolzarb masalalar bilan deputatga murojaat qilishdi. Xususan, ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi barqarorligi, yo‘l va ko‘chalarni ta’mirlash, yoshlar bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatish kabi masalalar ko‘tarildi.

Deputat S. Nazarov har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, bu muammolarni deputatlik so‘rovlari orqali ko‘tarib chiqishini, shuningdek, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularning amaliy yechimlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishini ta’kidladi.

Shuningdek, uchrashuvda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlarga oid masalalar ham muhokama qilindi. Deputatning ta’kidlashicha, xalq vakili sifatida asosiy maqsad — saylovchilarning hayot sifatini yaxshilash, ularning kundalik turmushida dolzarb bo‘lgan muammolarga befarq bo‘lmaslikdir.

Uchrashuv samimiy ruhda o‘tdi, saylovchilar deputat bilan ochiq muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi hamda o‘z taklif va tashabbuslarini bildirishdi.

Slide 1 of 4