DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI
🎓 Yo‘l harakati xavfsizligi — deputatlar nazoratida!
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi, deputat M. Pardayev o‘ziga biriktirilgan tashkilot — Pastdarg‘om tumani Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHXX) xodimlari bilan hamkorlikda 82-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari bilan uchrashuv va suhbat o‘tkazdi.
🛑 Suhbat davomida o‘quvchilarga yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish, piyodalar o‘tish joylaridan to‘g‘ri foydalanish, yo‘llarda ehtiyotkor bo‘lish hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
👮♂️ Shuningdek, bolalarning yo‘llarda xavfsiz harakatlanishi, svetofor ishoralariga amal qilishi va transport vositalari harakatlanadigan hududlarda hushyor bo‘lishi yuzasidan zarur tavsiyalar bildirildi.
👍 Mazkur tadbir deputat va biriktirilgan tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratildi.
🌐Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi — xalq manfaatlari yo‘lida!