Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILADI

 DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILADI

🗓 2026-yil 14-oktabr kuni soat 14:00 da Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkaziladi.

📋 Yig‘ilish kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin olgan:
1️⃣ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 117-son qarori — “Mahalla institutining yanada samarali faoliyat yuritishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining tumandagi ijrosi holatini muhokama qilish.

2️⃣ Doimiy komissiya deputatlari tomonidan ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya ijrosi holatini ko‘rib chiqish.

✅Yig‘ilish davomida mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar hamda belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

📣 Doimiy komissiya a’zolaridan yig‘ilishda o‘z vaqtida ishtirok etishlari so‘raladi.