Maktabgacha ta'lim tashkilotining isitish tizimi deputatlik nazoratidan o‘tkazildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M.Kumakov tomonidan hududidagi maktabgacha ta'lim tashkilotining isitish tizimi o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida maktabning isitish tizimi, mavjud holati hamda kuz-qish mavsumida ta’lim jarayonini uzluksiz tashkil etish uchun zarur sharoitlarga e’tibor qaratildi.
📌 Aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli choralarni belgilash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va maktabni kuz-qish mavsumiga munosib tayyorlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
👍 Deputatlik nazoratining bunday shakli ta’lim muassasalarida o‘quvchilar va pedagoglar uchun qulay sharoitlarni ta’minlashga xizmat qiladi.