Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot o‘rtasida hamkorlik

Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot o‘rtasida hamkorlik

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati G. Bozorova tomonidan biriktirilgan tashkilot — tuman Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi.

📌O'rganish davomida fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati, murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayoni, xizmatlardan foydalanish uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda aholiga qulayliklarni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

✅Shuningdek, fuqarolarning davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida uchrayotgan muammolari, ularni tezkor va qonuniy hal etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

👍 Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot o‘rtasidagi muntazam hamkorlik aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etadi.