Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Elektron hukumat tizimi bo‘yicha ishchi guruh shakllantirildi

 Elektron hukumat tizimi bo‘yicha ishchi guruh shakllantirildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyuldagi 444-son qarori talablarining hududdagi ijrosini o‘rganish maqsadida ishchi guruh shakllantirildi.

💎 Ishchi guruh tomonidan tuman hududidagi davlat tashkilotlarida elektron hukumat tizimlaridan foydalanish holati, axborot tizimlarining yagona reyestrga kiritilganligi, elektron xizmatlar ko‘rsatish samaradorligi hamda idoralararo elektron hamkorlik masalalari o‘rganiladi.

💎Shuningdek, tashkilotlarda mavjud axborot tizimlarining samaradorligi, ma’lumotlarning dolzarbligi va axborot xavfsizligi bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratiladi.

✅ O‘rganish jarayonida ishchi guruh tomonidan tegishli savolnoma asosida ma’lumotlar tahlil qilinib, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi.

📍 Deputat nazorati — qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishning muhim vositasidir.